Maxfiylik
Maxfiylik siyosati
Bu sahifada vasfiy.uz qanday maʼlumotlarni yigʻishini, nima uchun yigʻishini va buni qanday oʻzingizga qarab boshqarish mumkinligini yozdim. Qisqasi: hech qanday shaxsiy maʼlumot saqlanmaydi.
Nima yigʻiladi
Siz bannerda «Maqul» tugmasini bosganingizdan keyingina quyidagilar yigʻiladi va shu saytning oʻz serveriga yuboriladi:
- sahifa koʻrishlar — qaysi sahifalar koʻrilyapti va qaysi sahifadan kelgansiz (referrer);
- kliklar — tugma va havolalarning nomi, tashqi havolalar hamda fayl (.pdf) yuklab olishlar;
- qurilma — turi (telefon, planshet, kompyuter), modeli, operatsion tizim va brauzer;
- til, vaqt zonasi va ekran oʻlchami;
- shahar va davlat — IP manzilning oʻzi hech qachon saqlanmaydi, undan faqat shahar/davlatni aniqlash uchun foydalaniladi;
- reklama belgilari — havolada UTM belgilar boʻlsa (manba, kanal, kampaniya).
Nima ishlatilmaydi
- cookieʼlar ishlatilmaydi — rozilik belgisi (vasfiy-consent) va sessiya kaliti (vasfiy-sid, 180 kun) faqat brauzeringizning lokal xotirasida saqlanadi;
- uchinchi tomon xizmatlari yoʻq — oʻlchov toʻliq birinchi tomonda (first-party), maʼlumot tashqariga uzatilmaydi va hech kimga sotilmaydi;
- reklama, profiling va barmoq izi (fingerprinting) usullari ishlatilmaydi;
- ism, email va boshqa shaxsiy maʼlumotlar yigʻilmaydi.
Maqsad
Yigʻilgan maʼlumotlar xizmat sifatini va marketingni yaxshilash uchun: qaysi sahifalar foydali ekanini, qayerdan tashrif kelishini, qanday qurilmalarda koʻrilayotganini bilish — va shu asosda sizga foydaliroq kontent va yangi imkoniyatlar yasash. Maʼlumotlar hech kimga sotilmaydi va uzatilmaydi.
AI yordamchi
Saytdagi AI yordamchiga yuborilgan savollar anonim tarzda saqlanadi: faqat savol matni va javob muvaffaqiyati (javob berildi yoki berilmadi) yoziladi. Bu yozuv xizmatning oʻzi ishlashi uchun zarur — shu sababli rozilik darajasiga bogʻlanmagan. Ism, email yoki boshqa shaxsiy maʼlumot yigʻilmaydi, IP manzil saqlanmaydi.
Rozilik darajalari va tanlovni oʻzgartirish
«Maqul» — toʻliq daraja: sahifa koʻrishlar, kliklar, tashqi havolalar, UTM manbalari, brauzer va qurilma rusumi, IP asosida shahar.
«Faqat keraklilarini qabul qilish» — majburiy texnik daraja: sahifa koʻrishlar, brauzer kuzatuvi, IP asosida shahar va qurilma rusumi (marketing va xizmat sifati uchun asosiy koʻrsatkichlar). Klik darajasidagi batafsil kuzatuv va UTM yuborilmaydi.
Rozilik berilgach banner yoʻqoladi. Tanlovni qayta oʻzgartirish uchun brauzer sozlamalaridan shu sayt maʼlumotlarini (saytdagi vasfiy-consent yozuvi) tozalang — keyingi tashrifda banner yana chiqadi va boshqa darajani tanlash mumkin.
Kontakt
Maxfiylik boʻyicha savollaringiz boʻlsa — bogʻlanish sahifasi orqali yozing, javob beraman.